“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga United Nations Development Programme in Uzbekistan – UNPD tashkiloti loyiha rahbari Baxtiyor Sayfitdinov hamda salohiyatni oshirish va innovatsion yechimlar bo'yicha loyiha tahlilchisi Otabek Murodov tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori professor Baxodir Mirzayev, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti direktori Ahmedov Bobomurod va professor Egamberdiyeva Dilfuza, Xalqaro bo’lim boshlig’i Sherzod Rahmonov ishtirok etdilar. 

Uchrashuv mobaynida UNDP tashkiloti amalga oshirayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Loyiha o’z ichiga bir qancha ustuvor yo’nalishlarni qamrab olgan bo’lib, xususan, irrigatsiya inshootlarini rivojlantirish, shu sohadagi mutaxassislarni malakasini oshirish, xalqaro tajribani yo’lga qo’yish, maktablar uchun Smart boardlar, elektron kutubxona, Face-Id tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar o’rganib chiqildi. Undan tashqari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda mobil labaratoriya, qishloq xo’jaligi sohasiga oid zamonaviy innovatsion loyihalar amalga oshirish bo’yicha takliflar ko’rib chiqildi. Start-Up loyihalar tashkil etish va yangi iqtidorlarni qo’llab quvvatlash takliflari bildirildi. Uchrashuv so’ngida universiteti rektori professor Baxodir Mirzayev mehmonlarga universitet ramzi aks ettirilgan maxsus estalik so’vg’alarni topshirdi.