3
DSc, professorlar
3
PhD dotsent
4
o'qituvchilar

Kafedra haqida

"Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt” kafedrasi 2023 yilning fevral oyida tashkil etilgan bo`lib, kafedra mudiri lavozimida Mamatov Narzullo Solijonovich faoliyat ko’rsatib kelmoqda.  Hozirgi vaqtda kafedrada jami 10 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan: 3 nafari professor, 3 nafari PhD dotsent va 4 nafari assistent o‘qituvchilardir.

“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi faoliyati davomida 20 nafar bakalavr va kafedrada 3 nafar fan doktori, 3 nafar falsafa doktori(PhD) va 4 nafar asisstent o`qituvchilar pedagogik ilmiy faoliyat bilan shug’ullanmoqdalar. Kafedra a’zolarining o’rtacha yoshi 40 yoshni tashkil etadi. 

Kafedrada ilmiy salohiyatga ega bo’lgan professor - o’qituvchilar 60 foizni tashkil qilib, ularning o’rtacha yoshi 45 yoshni tashkil etadi.

“TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida qishloq va suv xo’jaligidagi texnika va texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanishi bilan birga “Sun’iy intellekt” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari(qishloq va suv xo‘jaligida)” ta’lim yo`nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlaydigan OTM lari qatorida muvaffaqqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. 

BAKALAVRIATURA VA DOKTARANTURA

“Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt” kafedrasida 2022-2023 o`quv yilidan bakalavriat yo`nalishlariga 1-kursdan o`qishga qabul qilingan.


“60610700 – Sun’iy intellekt” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter injiniringi bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. 


“60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari(qishloq va suv xo‘jaligida)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Axborot texnologiyalar” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo`lib, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter injiniringi bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.


“Raqamli texnologiyalar va sun`iy intellekt” kafedrasida 2023-2024 o`quv yilidan doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc) mutahasissligi quydagi yo`nalishlarda qabul ochilishi kutilmoqda.

05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc). 

05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc).

05.01.11 - “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” va  ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc).

Bakalaviriaturada o’qitiladigan fanlar:

DAS1118- Dasturlash;

Х1113-Hisob;

DT1103-Diskret tuzilma;

КТE1105-Kompyuter tashkil etilishi;

SI3205-Sun’iy intellekt;

ATT1102-Axborot texnologiyalarining tarixi.