FAN NOMI QISQACHA MAZMUNI
1 ATT1102-AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI TARIXI

Ushbu fan kompyuter tarmoqlari, to‘r tarmoqlari va Internet teхnologiyalarini paydo bo‘lishi va rivojlanishi tariхi, aхborot nazariyasi va kompyuter tarmoqlarida paketli kommutatsiya (ulanish) g‘oyasini paydo bo‘lishi, birinchi global kompyuter tarmoqlari, internetni paydo bo‘lishi, aхborot teхnologiyalarini sanoatda, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada, ma’muriy boshqaruvda, ta’limda rivojlanishi, korхonalarni korporativ boshqaruv tizimlarini rivojlanish tariхi, aхborot teхnologiyalarini ishlatganda aхborotni himoyalash muammolarini o‘rganish.

2 SI3205-SUN’IY INTELLEKT

Ushbu fan sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish texnologiyalari - usul, model va algoritmik – dasturiy vositalari bo’yicha yurtimizda va xorijda olib borilgan tadqiqotlar, amalga oshirilgan natijalar, tadbiq etilgan ishlanmalarga asoslangan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishga yo’naltirilgan, shu bilan birga sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantirayotgan asosiy mexanizmlardan hisoblangan neyron tarmoqlarini ham qamrab olgan.

3 КТE1105-KOMPYUTER TASHKIL ETILISHI

Ushbu fan talabalarga zamonaviy kompyuterlarni tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari, buyruq formatlari va manzil rejimlari, xotira ierarxiyasi va tashkil etilishi, prosessor va periferik qurilmalar o’rtasidagi ulanish va aloqa, kompyuter tizimidagi xisoblashlarni tashkil etilishi xaqidagi bilimlarni berishdan iborat.

4 DAS1118- DASTURLASH

Kompyuterda dasturlash bu - kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o‘zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud bo‘lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Yuqori darajali dasturlash tillari mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgili kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashxis qilish kiritilgan.

5 Х1113-HISOB

Ushbu fan umum kasbiy fanlar jumlasiga mansub bo‘lib, umum kasbiy va maxsus fanlarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan bilimlar majmuyidan iboratdir. Bu fandan olingan bilimlar “Algoritimlash asoslari va dasturlash”, “Ma’lumotlar bazasi”, kriptografiya bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha fanlar, “Elektron hisoblash mashinasi arxitekturasi” va boshqa bir qancha fanlarni o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

6 DT1103-DISKRET TUZILMA

Mazkur fan talabalarga diskret tuzilma fani bo’yicha bilimlarning nazariy asoslarini, diskret matematikaning asosiy tushunchalarini, mantiqiy va algoritmik fikrlashni, matematik ko’rinishda formallashtirilgan masalalarni o’zlashtira olishni, matematik ko’rinishda formallashtirilgan masalalarni yecha olishni, olingan yechimlarni tahlil etishni, diskret tuzilmalarva uning tatbiqlari bo’yicha o’quv adabiyotlarini mustaqil o’rganishni, diskret tuzilmalarfaniga doir asosiy tushunchalarning mutaxassislik fanlari bilan bog’liqligini o’rgatish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.