TIQXMMI” Milliy tadqiqot Universiteti nafaqat o‘zining yuqori sifatli taʼlimi bilan balki hududining kattaligi bilan ham ajralib turadi. Mana bugun 4-sentabr kuni yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi O‘zbekistonning shukuhi Yangi o‘quv yili ruhi bilan uyg‘unlashib ketdi deyish mumkin.

Ertalabdanoq fakultet dekanlari, prorektorlardan tortib Rektorgacha barcha universitetimiz talabasi sharafiga muyassar bo‘lgan yoshlarni kutib olishdi.

1978 ta yosh talabalik safiga qabul qilingan bo‘lsa, shundan 902 tasi davlat granti asosida o‘qishni boshlash sharafiga muyassar bo‘lishdi. Talabalar so‘ngra o‘zlariga tegishli zallarga kirib mustaqillik darsidan bahramand bo‘lishdi. Ularga tajribali professor o‘qituvchilar mustaqilligimiz tarixi va davlat ramzlari haqida mufassal maʼlumot berishdi.

Men bu Universitetga kirganimdan juda xursandman, to‘g‘risi bunday ajoyib imkoniyatlarni kutmagandim. Eʼtiborimni tortgan yana bir narsa “Student Union” tashkilotida o‘zimga o‘xshagan talabalar bo‘ldi”- deydi Akrom ismli 1 - bosqich talabalaridan biri.

Xullas, bugungi yangi o‘quv yili shodiyonasi hammaga birdek zavq berdi.

Behzod Fayzullayev

“Iqtisodiyot” fakulteti talabasi