Shandong Fanlar Akademiyasining fan va texnologiya Bosh departamenti direktori SUN Xaysheng, Shandong viloyati Vang Yinglong Fanlar Akademiyasining Bosh direktori, Chjan Xing Vang direktori fan va texnologiya hamkorlik bo'limi, Shandong viloyati fan va texnologiya bo'limi va boshqalar o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida ular asosan ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar. Ikkala tomon ham hamkorlikning bir qancha asosiy jihatlari, jumladan, almashinuv dasturlari, shuningdek, mutaxassislar o'rtasidagi loyihalar borasida kelishib oldilar, bunda ular innovatsion ta'lim usuli tufayli o'z bilimlarini oshirishlari mumkinligi ta’kidlab o’tildi.

Shu bilan birga, delegatsiya tomonidan berilgan yosh iqtidor va mutaxassislar almashinuvini yolga qoyish Xitoy Xalq Respublikasu tomonidan moliyalashtiriladigan stajirovkalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga ham kelishib oldilar. Tomonlar yaqin kelajakda ozaro tashriflar uyushtirishni rejaga kiritdilar.

Uchrashuv yakunida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi va yaqin orada uning ijobiy natijalari oz samarasini beradi.