Janubiy Koreyaning Korea Study tashkiloti rahbari Lee Sang Shik boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuvni universitetimiz rektori, prof. B.Mirzayev olib borishdi. Uchrashuvda bugungi kungacha bo‘lgan hamkorlikning yo‘nalishlari va istiqbollari xususida batafsil suhbat olib borildi. Jumladan, suv ta’minoti, suv tozalash texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohalarida olib borilayotgan ishlar xususida fikr almashishdi. Shuningdek, talaba va magistrantlarimizga Koreyada stajirovkaga borish imkoniyatlari borligi aytib o‘tildi.

Koreyaning ODA va KOICA tashkiloti loyihalarida ishtirok etish shartlari hamda Koreyadagi tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Korea Study korxonasi universitetimiz talabalari uchun inklyuziv imkoniyatlar berishi ta’kidlab o‘tdi. Jumladan, ingliz tilini aniqlovchi sertifikatlarga ega talabalar Koreyada magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olish imkoniyati mavjud.