2023-yil 8-noyabr kuni "TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o’tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” ko‘rgazmaning ikkinchi kunida ham faol ishtirokini davom ettirdi. Tadbirda QS xalqaro reyting agentligining 2024-yil uchun Osiyo universitetlari reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, "TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universiteti peshqadamlik bilan oldinlab, o’tgan yilgi natijalarini yanada yaxshiladi va Osiyoda 249-o‘rinda, Markaziy Osiyoda 9-o‘rinda va O’zbekistonda ketma-ket ikkinchi yili 1-o’rinda qayd etildi. Mazkur ko’rsatkichlar qayd etilgan rasmiy guvohnomani QS xalqaro reyting agentligi prezidenti o’rinbosari Ben Sovter rasman "TIQXMMI“ Milliy tadqiqot universiteti Xalqaro reyting faoliyatni monitoring qilish bo’limi boshlig’i Ilxom Abduraxmanovga tantanali ravishda topshirdi.